Qozog‘istonda o‘z farzandlarini zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
09 Oktabr 2023
21207Shimoliy Qozog‘iston viloyatida o‘z farzandlarini zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Inform.kz” xabar berdi.
Malum qilinishicha, mast holda voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilish jinoyatini sodir etgan O‘zbekiston fuqarosining sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
Sudlanuvchining aybi jabrlanuvchilar, ularning qonuniy vakili, guvohning ko‘rsatmalari, ekspert xulosalari bilan aniqlangan. Ayblov xulosalariga ko‘ra, erkak ikki nafar farzandi – qizi va o‘g‘liga nisbatan uch yil davomida bir necha marta jinsiy zo‘ravonlik qilgani tasdiqlangan. Biroq sudlanuvchi va uning advokati qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, oqlashni so‘ragan.
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, ishning holatlari, aybdorning shaxsini hisobga olgan holda, eng og‘ir jazoni tayinlash zarur degan xulosaga kelgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi hukmiga ko‘ra, ushbu shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya voyaga yetmagan maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumon qilib, 55 yoshli o‘zbekistonlik muhojirni qo‘lga olgan edi. Aniqlik kiritilishicha, u Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismi (zo‘rlash) bilan javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi