Qozog‘istonda o‘lgan mol go‘shtini yeganlar xavfli kasallikka chalindi
Olam
−
01 Sentabr 2023
10320Qozog‘iston shimolida kuydirgi epidemiyasi qayd etildi. Natijada 10 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Oqmo‘la viloyati veterinariya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa Jarqayn tumani Ushkarasu qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Mahalliy iqtisodiyotda jami hisobda 37 bosh qoramol ushbu kasaldan nobud bo‘lgan. Ularning go‘shti esa qishloq aholisiga tarqatilgan. Natijada 12 kishi kuydirgi kasaligiga chalingan deb gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning o‘ntasida tashxis tasdiqlangan.
Bemorlarning barchasi hozir Esil viloyat shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 22 nafar shaxsni aniqladi.
Ma’lumot uchun, ushbu kasallik bilan og‘rigan deb gumon qilingan hayvonni so‘yish oqibatida kapsula holatidagi mikrob kislorodli muhitga chiqadi va juda chidamli spora hosil qiladi. U tuproqda 100 yilgacha saqlanishi mumkin. Odamlarda esa tana haroratining 41-42 darajagacha ko‘tirilishi, nafas olish va yurak urishining tezlashishi, holsizlik, ishtaha yo‘qolishi, shuningdek, oshqozon-ichak organlari faoliyatining buzilishi va qon ketishi kabi asoratlar bilan kechadi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta avval Rossiyaning Voronej viloyatida ham kuydirgi kasalligi aniqlangandi.
LiveBarchasi