Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi (video)
Olam
−
23 yanvar
2238Qozog‘istondagi xalqaro qatnov trassasida sovuqda qolib ketgan O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qozog‘istonlik qutqaruvchilar bir kecha davomida turli hududlardagi qor bosgan va yopirilgan yo‘llardan odamlarni qutqarish bilan shug‘ullangan. Xususan, Aqto‘be viloyatida Samara-Shimkent avtomobil yo‘lida Shimkentdan Rossiyaga ketayotgan avtobus texnik nosozlik tufayli yo‘lda qolib ketgan. Avtobusdagi 82 nafar yo‘lovchi, jumladan, 3 nafar bola tunda sovuq yo‘lda muzlab qolish xavfi ostida qolgan. Haydovchi yordam uchun qutqaruvchilarga murojaat qilgan va hodisada hech kim jabrlanmagan.
Xususan, Qozog‘iston FVV xodimlari O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston fuqarolaridan iborat bo‘lgan, jumladan, 3 nafar bola bilan 82 nafar yo‘lovchini Qurilish qishlog‘idagi isinish punktiga evakuatsiya qilgan.
“Xorijiy fuqarolar qozog‘istonlik qutqaruvchilarga minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondagi yoki ushbu mamlakat hududi orqali tranzit o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari mintaqada ob-havo sharoitining keskin yomonlashishi munosabati bilan harakatlanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida ogohlantirilgan edi.
LiveBarchasi