Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Olam

image

Kecha, 9 dekabr kuni Tojikistonning 26 nafar fuqarosi va ikki nafar o‘zbekistonlik sovuq ob-havo sharoitida yo‘lda to‘xtab qolgan avtobusdan evakuatsiya qilindi.  Bu haqda Qozog‘istonning Aqmola viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, issiq joyga ko‘chirilgan 28 yo‘lovchilarning ikki nafari bolalar bo‘lgan. 

"Avtobus noqulay ob-havo sababli Oqmola viloyatida, Ostona–Petropavlovsk avtomobil yo‘lining nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtab qolgan", deyiladi xabarda.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, avtobus 3 soatdan ko‘proq vaqt qolib ketgan, shundan so‘ng transport vositasidagi yo‘lovchilar Kokshetau shahridagi isinish punktiga olib borilib, ovqat va yotoq bilan ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tojikiston avtobus sovuq ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing