Qozog‘istonda Prezident saylovi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi
Olam
−
21 Sentabr 2022
6919Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 20 noyabriga navbatdan tashqari prezidentlik saylovini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti saylovi 2022 yil 20 noyabrga tayinlansin”, deyiladi farmon matnida.
Unga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari Prezident saylovini tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash yuklatilgan.
Qayd etilishicha, mazkur farmon birinchi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi, 2023 yilning birinchi yarmida esa parlamentga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi