Qozog‘istonda portlash! Bir harbiy qurbon bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning Aris shahri yaqinida sodir bo‘lgan portlashda bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Aris shahri yaqinidagi poligonda yig‘ib olingan o‘q-dorilarni yo‘q qilish ishlari vaqtida maxsus jihozlangan o‘quv poligonida o‘qlar barvaqt portlashi yuz berdi. Natijada guruh rahbari, harbiy qism muhandislik xizmati boshlig‘i, mayor A.S.Akishev olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi, deyiladi xabarda. 

Voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Bu holat yaqin atrofdagi aholi uchun xavf tug‘dirmaydi, vaziyat nazorat ostiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil iyunida Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in oqibatida o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘lgandi. Natijada 3 kishi halok bo‘ldi va 165 kishi jarohatlandi. Shahardan aholi evakuatsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Portlash

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing