Qozog‘istonda mahbuslar isyon ko‘tardi
Olam
−
21 Sentabr
8999Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatida mahbuslar isyon uyushtirdi. Bu haqda Qozog‘iston IIV jazoni ijro etuvchi tizimi qo‘mitasining matbuot xizmatiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiston viloyatidagi koloniyadagi ba’zi mahkumlar qamoqda saqlash rejimiga itoatsizlik bildirgan. Muassasaga qo‘mita raisi, rahbariyati, mahalliy jazoni ijro etish bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, boshqa nazorat organlari yetib borgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyat barqarorlashgan. Biroq tartibsizliklar vaqtida Milliy gvardiyaning ikki nafar harbiysi va bir politsiyachi tan jarohatlari olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 428-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmatining Volgograd viloyatidagi 19-koloniyasida intizomiy komissiya yig‘ilishida mahkumlar qamoqxona xodimlarini garovga olgan edi. Ular vertolyot va ikki million dollar talab qilgan. Agar ular ta’qib qilinsa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Biroq ular maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi.
LiveBarchasi