Qozog‘istonda kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev qo‘lga olindi
Olam
−
07 yanvar 2022
47472Qozog‘istonda Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyev davrida kriminal avtoritet bo‘lgan, ayni vaqtda mamlakatdagi norozilik namoyishlarining yetakchilaridan biri deb aytilayotgan Arman Jumageldiyev va uning sheriklari qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy OAV Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
“Yovvoyi Arman” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev qo‘lga olindi. Erkaklar qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishdi. Ammo militsiya xodimlarining qat’iy harakatlari tufayli bu urinish muvaffaqiyat bilan yakunlandi”, deyiladi xabarda.
Qo‘lga olish chog‘ida gumonlanuvchilardan turli marka va kalibrli to‘rtta yarim avtomatik to‘pponcha, o‘q-dorilar, tig‘li qurollar va zirhli avtomashina olindgan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning yanvar oyi boshida Turkiyadan mamlakatga qaytgan shaxs pogromlar va hukumat amaldorlariga hujumlar uyushtirganlikda gumonlangan. Ammo, kecha, 6 yanvar kuni Jumageldiyev namoyishchilarni huquq-tartibot xodimlariga nisbatan kuch ishlatishdan voz kechishga va do‘konlarni talon-taroj qilishni bas qilishga chaqirgan edi.
Shuningdek, “Yovvoyi Arman” aeroportga qilingan hujumni qoralab, namoyishchilar orasida aroq va giyohvand moddalar tarqatayotgan hamda odamlarni davlat muassasalariga bostirib kirishga undaydigan provokatorlar borligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Arman Jumageldiyev uyushgan jinoiy guruhni boshqargan. Hatto, u mamlakatdagi bir qator jinoiy to‘qnashuvlarda ham ishtirok etgan.
LiveBarchasi