Qozog‘istonda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonda koronavirusning o‘ziga xos mutatsiyalangan turi paydo bo‘lgani taxmin qilinyapti. Hozircha unga “Olma-ota shtammi” deb nom berishgan. Bu haqda “Xabar 24” Qozog‘iston agrar universiteti qoshidagi Xalqaro emlash markazi mutaxasisslariga tayanib xabar berdi.

Joriy yilning 18-25 mart kunlari olimlar Qozog‘istonda Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan shtammlar bor-yo‘qligini bilish uchun tadqiqot o‘tkazgan.

Buning uchun 12 ta namuna olinib, sinchkovlik bilan o‘rganilgan. Namunalar sekvenatsiya qilingach, shahar bosh sanitariya shifokori Jandarbek Bekshin megapolisdagi koronavirus irsiyatida mutatsiyalashuv borligi aniqlanganini e’lon qilgan.

Koronavirusning “Olma-ota” shtammi mutatsiyasi virusning asosiy xususiyatlari, ya’ni yuqumliligi va boshqa alomatlariga ta’sir qilishi hozircha noma’lum. Buning uchun tadqiqotlarni davom ettirish kerak.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing