Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Olam
−
16 iyul 2025 4208 2 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qozog‘iston Respublikasi jinoyat qonunchiligini optimallashtirish masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodeksi, “Nikoh va oila to‘g‘risida”gi kodekslarga, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zgartirishlarning birinchi bloki jinoyat qonunchiligining barqarorligini ta’minlashni nazarda tutadi.
O‘zgartirishlarning ikkinchi bloki jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun javobgarlikni oshirishdan iborat.
Xususan, Qozog‘iston Jinoyat kodeksida ta’qib qilish uchun javobgarlik – shaxsni noqonuniy ta’qib qilish, uning irodasiga qarshi aloqa o‘rnatish va (yoki) shaxsni kuzatib borishga qaratilgan harakatlarda ifodalangan, zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan, oqibatda katta zarar keltirganlik uchun javobgarlik joriy etildi.
Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikda kelin o‘g‘irlash uchun jarimalar kiritildi. O‘zgartirishlarning uchinchi bloki jinoyat protsessida fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, jinoyat ishini yuritishning munozaraliligini oshirish va ularni optimallashtirishdan iborat. O‘zgartirishlarning to‘rtinchi bloki jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirishdan iborat.
To‘qayev imzo chekkan qonunga ko‘ra, Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlagan shaxs 10 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Jumladan, Jinoyat kodeksiga “Nikohga majburlash” degan yangi modda kiritildi. Nikohga majburlash uchun jazo quyidagilardan iborat:
- axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish;
- agar qilmish voyaga yetmaganga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash bilan sodir etilgan bo‘lsa, 3 yildan 7 yilgacha ozodlikni cheklash yoki xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish;
- agar qilmish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Live
Barchasi