Qozog‘istonda qor bo‘roni tufayli 72 ta yo‘l yopildi

Olam

image

Ob-havo sharoitining yomonlashishi (bo‘ron, ko‘rinish pastligi, muzlash) munosabati bilan Qozog‘istonda 72 ta yo‘llar yopilgan, shundan 40 tasi respublika, 32 tasi hududiy yo‘llardir. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, yo‘llardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha respublika shtablari tuzilgan, shunga o‘xshash shtablar viloyatlarda (Abay, Oqmo‘la, Qarag‘anda, Jambil, Pavlodar va Jetis viloyatlarida) faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Nazorat-o‘tkazish punktlarida 1000 dan ortiq transport vositalari to‘plangan. 

Joriy kun davomida qutqaruv bo‘linmalari 725 kishini qutqarib, evakuatsiya qildi, shu jumladan 137 nafar bolalar, 124 dona texnikalarga yordam berilgan. 

Yo‘llarning yopiq uchastkalarida aholini evakuatsiya qilish uchun vaqtinchalik isitish punktlari tayyorlangan, 200 ta evakuatsiya uskunalari shay holatdaligi aytilmoqda. 

Vaqtinchalik isinish punktlariga 200 dan ortiq kishi, jumladan 16 nafari bolalar joylashtirilgan.  

Qutqaruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari va mahalliy hokimiyat organlaridan jami 4 mingdan ortiq kishi, 1300 dona texnika jalb etilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing