Qozog‘istonda infeksiya sabab 10 mingga yaqin sinf yopildi

Olam

image

Qozog‘istonda virusli infeksiya (ORVI) keng tarqalayotgani sababli 9898 sinf vaqtincha masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu 652 maktabdagi 190 ming 643 o‘quvchini qamrab oladi. Bu haqda mamlakat Sanitariya-epidemiologik nazorat qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, maktablar butunlay yopilmagan, faqat alohida sinflar onlayn formatga o‘tkazilgan. Qaror hududiy sanitariya shifokorlari va ta’lim boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi, agar bir infeksion davrda sinfdagi bolalarning kamida 30 foizi kasallangan bo‘lsa, unda o‘sha sinf onlayn ta’lim shakliga o‘tkaziladi. 

Epidemiologik mavsum boshidan deyarli 2 million ORVI holati qayd etilgan, shundan 1200 dan ortiq holat laboratoriya tasdiqlangan Gonkong grippi bilan bog‘liq. Ushbu shtammning yuqish darajasi yuqori va u og‘ir kechadi. 

Ma’lumot uchun, ORVI – bu nafas yo‘llarini zararlovchi turli viruslar sabab bo‘lgan keng tarqalgan yuqumli kasallik. U odatda burun oqishi, tomoq, yo‘tal, isitma, bosh og‘rig‘i, holsizlik bilan namoyon bo‘ladi. ORVI  ko‘pincha havoda tarqaladi, kasal odam yo‘talgan yoki aksirganida virus zarralari atrofga tushadi, shuningdek, qo‘l va buyumlar orqali ham yuqishi mumkin.

Kasallik, asosan, 7–10 kun ichida o‘z-o‘zidan tuzaladi, lekin immuniteti zaif odamlar, yosh bolalar va keksa yoshdagilar uchun asoratlar, masalan, pnevmoniya yoki bronxit, rivojlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda bir haftada 183 ming kishi ORVI bilan kasallangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston ORVI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing