Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Olam
−
28 dekabr 2021
6870Kecha, 27 dekabr kuni Olma-ota – Bishkek yo‘lida avtobus va Mercedes-Benz rusumli avtomobillar to‘qnashib ketdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda “Zakon” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha soat 21:40 larda Qozog‘istonning Olma-ota viloyati hududidan o‘tgan Olma-ota — Bishkek avtomobil yo‘lida o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus va Mercedes-Benz avtomobili ishtirokida yo‘l-tansport hodisasi sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida sharqiy yo‘nalishda Olma-ota tomon harakatlanayotgan Mercedes-Benz jarlikka tushib ketgan, g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus esa yon tomonga qulagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus odamlar bilan to‘la bo‘lgan, Mercedes-Benz’da esa olti kishi bo‘lgan.
YTH oqibatida Mercedes-Benz’da bo‘lgan uch kishi vafot etgan. Ular orasida avtobusning yengil mashina ustiga qulashi oqibatida qisilib qolgan bir qiz ham bor. Qizning jasadi avtobus ko‘tarilganidan so‘ng chiqarib olingan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, vafot etganlardan yana biri Mercedes-Benz haydovchisining rafiqasi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan.
Shuningdek, jabrlanganlar orasida avtobus va mashina haydovchilari hamda shifoxonaga yotqizilgan Mercedes-Benz’ning ikki yo‘lovchisi ham bor. Avtobus haydovchisi jiddiy jarohat olmagan, shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng uyiga jo‘nab ketgan. Yengil avtomobil haydovchisi esa o‘ziga kelgan, ikki yo‘lovchining ahvoli og‘ir.
Voqea tafsilotlari Olma-ota viloyati tergovchilari tomonidan o‘rganilmoqda, ekspertiza tayinlangan.
Avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilar avtohalokatdan keyin tashqarida sovuq bo‘lgani uchun gulxan yoqqan. Ular avtobusdan narsalarini olish uchun g‘ildiraklar o‘rnatilguncha kutgan. Keyinroq boshqa avtobus kelib, yo‘lovchilarni olib ketgan.
LiveBarchasi