Qozog‘istonda gaz balloni portlab ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 17 aprel kuni Ostona vaqti bilan ertalab soat 5:00 atrofida Qozog‘istonning Janao‘zen shahrining ikkinchi kichik tumanida 2 qavatli turar-joy binosida dastlabki sabablarga ko‘ra gaz balloni yonmay portlashi natijasida 12 xonadonli binoning kirish qismi qulab tushdi. Natijada 150 kvadrat metr maydon zararlangan. Mang‘istau viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, uyning umumiy maydoni 600 kvadrat metrni tashkil etgan.

"NurKZ" axborot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi tan jarohati olib, ulardan 8 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Portlash oqibatida 4 kishi vafot etgan.

Ayni vaqtda vayronalarni demontaj qilish va jabrlanganlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun 50 dan ortiq qutqaruvchi va kinologik guruh, Mang‘istau viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ta bo‘linmasi, tez tibbiy yordam va mahalliy ijro hokimiyati organlari jalb etilgan.

Portlash yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tezkor shtab tashkil etilib, ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgani xabar berildi.

Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti rasmiy saytida gaz ballonlari bilan ishlashda yong‘in xavfsizligi qoidalarini yodda tutish kerakligi hamda gaz ballonlarini oshxona, kvartiralar, turar-joy binolari, chiqish yo‘llari, chodirlar, yerto‘la va balkonlarda saqlamaslik haqida ko‘rsatma berilgan.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Portlash Janao'zen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing