Qozog‘istonda elektr tanqisligi: cheklovlar joriy etilishi mumkin
Olam
−
16 dekabr 2022
3515Qozog‘istonning “Kegoc” elektr tarmoqlari operatori kecha, 15 dekabr kuni ishlab chiqarish yetishmasligi sababli yirik sanoat korxonalari tomonidan elektr energiyasi iste’molini cheklashi mumkinligini ma’lum qildi.
“Joriy yilning dekabr oyida Qozog‘istonning Yagona elektr energiyasi tizimida energiya iste’moli sezilarli darajada oshgan. 2022 yil 7 dekabrda Qozog‘iston energetika tizimining butun tarixidagi tarixiy maksimal iste’moli qayd etildi – 16 459 MVt, mamlakat elektr stansiyalarining umumiy ishlab chiqarish quvvati esa atigi 15 203 MVtni tashkil etgan bo‘lsa, defitsit Rossiya energetika tizimidan rejadan tashqari oqimlar hisobiga qoplandi”, deyiladi xabarda.
Korxonada ta’kidlanishicha, bunday katta yuklamalarda “Kegoc” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvidagi milliy elektr tarmog‘i ishonchli va normal rejimda ishlagan.
“Elektr energiyasi va quvvatga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun ishlab chiqarishning tizimli tanqisligi Qozog‘iston Respublikasi elektr stansiyalarida tez-tez avariyali va rejadan tashqari ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli yuzaga keladi. Muhim nomutanosiblik sharoitida tizim operatori elektr energiyasining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida Qozog‘istonning Yagona elektr energiyasi tizimi shimol, janub, shuningdek, Qozog‘iston energetika tizimining g‘arbiy zonasida yirik sanoat korxonalari tomonidan elektr energiyasi iste’moliga cheklov joriy etilgan holda “avariya” rejimini e’lon qilishga majbur bo‘ldi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Shu bilan birga, tizim operatori uchun aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Joriy yilning 25 yanvar kuni Markaziy Osiyoning uchta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda keng ko‘lamli elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi. Nosozlik tufayli Toshkent aeroporti ishlamay qoldi, Bishkekda issiqlik va suv ta’minoti o‘chirildi, bank operatsiyalari to‘xtatildi. O‘zbekiston Energetika vazirligining xabar berishicha, avariya uch mamlakatda 40 milliondan ortiq kishiga zarar yetkazgan. Avariyaga O‘zbekiston energetika tizimidagi elektr tokining o‘chirilishi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi