Qozog‘istonda bir oilaning 6 a’zosi infeksiya yuqtirdi. Ularning eng kichigi 4 yoshda
Olam
−
22 aprel 2020
536322 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota viloyatida yashovchi yetti nafar shaxsda koronavirus aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Covid-19 bitta oiladan bo‘lgan 6 kishida aniqlangan. Kasallikka chalingan oila a’zolarining yoshi 63, 40, 33, 19, 7 va 4 yoshni tashkil etadi. Ular ilgari koronavirus aniqlangan 81 yoshli bemor bilan muloqotda bo‘lishgan.
Hozir 6 kishining barchasi shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Yettinchi holat Ili tumanida aniqlangan. U yerda viloyatning Talgar tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaroda koronavirus topilgan. Hozirda u ham shifonaga joylashtirilgan.
Olma-Otada jami 62 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ushbu hududda 9 kishi xavfli kasallikdan davolangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga 2 070 nafar odam chalindi. 515 bemor shifo topgan bo‘lsa, 19 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi