Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga boryapti

Olam

image

Qozog‘iston rasmiylari korrupsiyaning oldini olish maqsadida muntazam ravishda qamoqxonalarga sayohatga boradi. Bu haqda Respublika Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi vakili Doniyor Bigaydarov brifingda ma’lum qildi.

“Korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi madaniyat va ma’naviy-axloqiy tamoyillarni shakllantirish maqsadida agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat xizmatchilari va kvazidavlat sektori xodimlari uchun axloq tuzatish muassasalari va tergov hibsxonalariga muntazam ekskursiyalar o‘tkazilmoqda”, deb ta’kidladi Bigaydarov.

Uning aytishicha, idoralar rahbarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ekskursiyalarga taklif etilib, mansabdor shaxslarga tergov xonalari, jinoyatchilar uchun kameralar, mahkumlar yurish joylari ko‘rsatilmoqda. Shu kunga kelib ekskursiyalarda 2000 ga yaqin davlat amaldorlari qatnashgan.

Bigaydarovning aniqlik kiritishicha, poraxo‘r amaldorlar ustidan shikoyat qilgan 104 qozog‘istonlikka 35 million tengedan ortiq pul o‘tkazilgan. Uning ta’kidlashicha, fuqarolar asosan jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilmaganlik uchun pora undirish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, qarindosh-urug‘chilik, davlat xaridlari sohasidagi huquqbuzarliklar va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishadi.

“Fuqarolardan biri viloyat hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari tomonidan 120 million tengedan ortiq pora bo‘lgan korrupsiya fakti haqida xabar bergani uchun 10 foizlik ulush, ya’ni 12,2 million tenge mukofot oldi”, deya misol keltirdi Bigaydarov.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston ekskursiya qamoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing