Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum loyihasi Prezidentga yuborildi
Olam
−
27 avgust
2362Qozog‘iston hukumati majlisida "Respublika referendumini o‘tkazish to‘g‘risida"gi farmon loyihasi uchun ovoz berildi va u Prezidentga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Mamlakat Energetika vaziri Almasadam Satkaliyevga ko‘ra, u Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha “Respublika referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi” hukumat qarori loyihasini va Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining “Referendum o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasini ko‘rib chiqishni taklif qilgan. Bu orqali Qozog‘iston fuqarolari barqaror, samarali va uglerodsiz energiya manbaiga asoslangan mamlakat kelajagi to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.
Mamlakat Bosh vaziri Oljas Bektenov Qozog‘iston barqaror energiya manbalaridan chetda qololmasligini ma’lum qildi va “Referendum o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmonning yuqoridagi loyihasini ovozga qo‘ydi. Vazirlar ushbu tashabbusni qo‘llab ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostonada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi