Qozog‘istonda 54 yoshli erkak uyidan chiqarib yubormoqchi bo‘lgan sud ijrochilarini otib tashladi 

Olam

image

Bugun, 20 sentyabr kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida yashovchi erkak otishma uyushtirdi. Buning oqibatida, 5 kishi, shu jumladan 2 mahalliy politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi, allaqachon, qo‘lga olingan. Voqea esa mahalliy organlar tomonidan sud qarori ijrosi ta’minlanayotgan vaqtda yuz bergan. 

“Sud qaroriga ko‘ra, xususiy uylardan birida uy egalarini chiqarib yuborish bo‘yicha buyruq ijrosi ta’minlanayotgan vaqtda uyda yashovchi fuqaro – 1967 yilda tug‘ilgan D. tajovuzkorlikni ko‘rsatib, sud ijrochilari, politsiya uchastkasi inspektorlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlariga o‘qotar qurollardan o‘q uzgan”, deyiladi politsiya departamenti Matbuot xizmati xabarida.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi, shu jumladan, ikki politsiyachi, o‘qotar qurol bilan yaralangan va vafot etgan. Gumonlanuvchi esa zararsizlantirilgan va hibsga olingan.

Xabarga ko‘ra, hozir vaziyat nazorat ostida. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 sentyabr kuni Rossiyaning Perm universitetida ham otishma sodir bo‘ldi. Unda 18 yoshli yigit 5 kishini otib o‘ldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing