Qozog‘istonda 31 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus nega yonib ketgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
15 iyun 2022
8898Xabaringiz bor, bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasining Jambul oblasti Jambul rayonida 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus yonib ketgandi. Ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Jambil viloyatidan o‘tuvchi “G‘arbiy Yevropa- G‘arbiy Xitoy” respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 544 kmda yuk mashinasida yong‘in boshlanishi oqibatida transport qatnovi to‘xtagan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan 4 ta mashinaga urilishi oqibatida ushbu mashinalar yonib ketgan”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etgan, 10 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) esa tan jarohati olgan.
Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Hozirgi vaqtda hodisa O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi