21 yoshga yetmaganlarga energetik ichimliklarni sotish taqiqlanishi mumkin

Olam

image

Qozog‘istonda 21 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklarni sotish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar G‘iniyatga tayanib “Tengrinews” xabar berdi.

“Bugun “Xalq salomatligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi doirasida parlament deputatlar tashabbusi bilan 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi normani ko‘rib chiqyapti”, degan vazir hukumat brifingida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunni qo‘llab-quvvatlagan.

“Energetik ichimliklar iste’moli yoshlar va bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. Ayni paytda yangi me’yor muhokama qilinyapti va yaqin orada ushbu qonun loyihasi Senatga yuborilishini kutyapmiz”, degan vazir. 

Qozog‘istonda energetik ichimliklarni iste’mol qilish taqiqlanmagan, ammo "18 yoshgacha bo‘lganlarga tavsiya etilmaydi". Shuningdek, energetik ichimliklardagi kofein, kuchli ta’sirga ega dorivor o‘simliklar va ularning ekstraktlari uchun ruxsat etilgan maksimal standartlar belgilangan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing