Qozog‘istonda 2021 yil boshida parlament saylovi o‘tkaziladi

Olam

image

Qozog‘istonda 2021 yilning 10 yanvarida navbatdagi parlament saylovi o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning tegishli qarorida belgilandi.

“Partiya ro‘yxati bilan saylanuvchi Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlari 2021 yil 10 yanvarga tayinlansin”, deyiladi qarorda.

Shuningdek, Qozog‘iston xalq Assambleyasi tomonidan saylanuvchi Parlament deputatlarining navbatdagi saylovi 2021 yil 11 yanvarda o‘tkaziladi.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Majlis deputatlarining navbatdagi saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi.

Qozog‘iston Hukumati, Nur-Sulton, Olma-ota, Chimkent shaharlari, viloyatlar hokimlari parlament saylovlarini tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istonda saylov

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar