Qozog‘istonda 2 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
3-sahifa
−
17 may 2023 9272 1 daqiqa
Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea kecha, 16 may kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 824-kilometrida sodir bo‘lgan. Toyota RAV-4 va Lacetti avtomobillari to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Lacetti avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, Lacetti avtomashinada bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi va Toyota RAV-4 avtomobilidagi er-xotin va 5 yoshli bola tibbiy muassasaga yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni ertalab Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari oralig‘idagi M-11 trassaning 641-kilometrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi. Bir nechta avtomobil ishtirokidagi avtohalokatda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlanib, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilgan edi.
Live
BarchasiEron Kiprga ham zarba berdi
01 mart