Qozog‘istonda 16 yoshli qiz 6 oy davomida sinfdoshlari tomonidan zo‘rlangani aniqlandi
Olam
−
16 avgust
17046Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida 16 yoshli qiz 2024 yilning fevral oyidan boshlab olti oy davomida sinfdoshlari tomonidan jinsiy qullikda saqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “NewTimes.kz” xabar berdi.
Ayblanuvchilar qizni "Mefedron" ichishga majburlab, giyohvand moddalarga o‘rgatgan, uni fohishalar veb-saytida ro‘yxatdan o‘tkazgan, turli erkaklar bilan ming martadan ortiq jinsiy aloqa qilishga majburlagan va yana turli xil qiynoqlarga solgan.
“Qiz vaqti-vaqti bilan videoqo‘ng‘iroq qilib, kafeda ofitsiant yoki gul do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlayotganini aytgan. Ota-onasi u yerga borganda, qiz shunchaki videoga olib, chiqib ketganini aytishgan. Qiz ota-onasi shov-shuv ko‘tarmasligi uchun shunday qilishga majbur bo‘lganini bildirgan”, deyiladi xabarda.
Kecha, 15 avgust kuni sinfdosh qizni jinsiy qullikda saqlaganlar hibsga olingani ma’lum bo‘lgan. Voyaga yetmagan gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi so‘ralgan. Sud tergovchining iltimosini qanoatlantirmay, voyaga yetmaganlarga nisbatan 2 oy muddatga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan. Qizilo‘rda viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati jabrlanuvchining vakilidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqqan, gumonlanuvchi shaxslar harakatlarining jiddiyligini hisobga olib, jazoni almashtirish bo‘yicha apellyatsiyani qanoatlantirgan.
Qizning onasi hammasiga qizining 10-sinfda o‘qiyotgan sinfdoshi bilan ishqiy munosabatda sabab bo‘lganini aytgan. Shu vaqt ichida qiz ota-onasi bilan bir necha bor bog‘lanib, gul do‘konida sotuvchi yoki ofitsiant bo‘lib ishlayotganini aytgan. Biroq u o‘zining aniq manzilini ko‘rsatishdan qochgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, qiz zo‘ravonlar nazorati ostida yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgan.
Joriy yilning avgust oyi boshida zo‘ravon o‘smirlar qizdan katta miqdorda pul talab qila boshlagan, agar rad etsa, sochini kal qilib, qoshlarini qirib tashlash bilan tahdid qilgan. Noiloj qolgan qiz yordam so‘rab do‘stiga murojaat qilgan, u darhol ota-onasiga bu haqda xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘z uyida saqlab, uni jinsiy aloqa qilishga jalb qilgan ayol qamalgandi. Shahrisabz tumani Xo‘jabog‘ qishlog‘ida yashovchi N.A.15 yoshli qizni o‘zining uyida 7 oy davomida ( 2023 yilning may oyidan 15 noyabr kuniga qadar) majburan saqlab, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani aniqlangandi.
LiveBarchasi