Qozog‘istonda 1 yoshli bola ko‘kyo‘taldan vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida bir yoshli bola ko‘kyo‘tal sababli vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarovaga tayanib “Tengrinews” nashri xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, 1 yosh 11 oylik bola ko‘kyo‘taldan vafot etgan. Buning asosiy sababi sifatida bolaning ko‘kyo‘talga qarshi emlanmagani ko‘rsatilgan. 

“Bu yil biz butun aholining sog‘lig‘i juda zaif ekanligini ko‘rdik, hatto so‘nggi bir necha yil ichida to‘plangan emlanmagan bolalarning arzimas qatlami ham shunday epidemiyaga sabab bo‘ldi. Shuning uchun emlash bilan shug‘ullanmaydigan ota-onalar mas’uliyatli bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda ko‘kyo‘tal bilan kasallanish 120 baravarga oshgan bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ko‘kyo‘tal bilan kasallanish holati 3 ta, 2023 yilda esa 393 ta bemorda qayd etilgan. 2024 yilning so‘nggi besh oyida emlanmagan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ko‘kyo‘talning 62 ta tasdiqlangan holati qayd etilgan.

Sadoqat Hamrayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston ko'kyo'tal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing