Qozog‘iston va Turkiya harbiy hamkorlik bo‘yicha bitim imzoladi
Olam
−
07 noyabr 2023
5260Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov Anqarada Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler bilan mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari masalalarini muhokama qildilar”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Jaksilikov Turkiya Ichki ishlar vazirligining jandarmeriya bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin va Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Haluk Gergun bilan uchrashgan. Safar davomida Qozog‘iston delegatsiyasi Turk Aerospace Industries – TUSASH Aerospace Industries qo‘shma kompaniyasini ham borib ko‘rgan. Ma’lumot uchun, u yerda aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqariladi.
“Uchrashuv yakunida Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi imzolandi. Hozirgi vaqtda ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasida harbiy fan-ta’lim, jangovar tayyorgarlik sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalari mavjud. Endilikda harbiy-texnik hamkorlik ham yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi