Qozog‘iston O‘zbekiston uchun dengiz portini ochdi
Jamiyat
−
22 mart 2022
22054Qozog‘istonning Oqtov dengiz porti rahbariyati O‘zbekiston kompaniyalarining yuk tashish bo‘yicha arizalarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Otabek Tursunbekov va “Oqtov tijorat dengiz porti” milliy kompaniya boshqaruvi raisi Abay Turikpenboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston mahsulotlarini Oqtov porti orqali yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga yuk tashish masalalari muhokama qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, Oqtov dengiz porti Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida, bir qancha xalqaro transport yo‘laklari kesishgan nuqtada joylashgan bo‘lib, quruq yuklarni, xom neft va neft mahsulotlarini sharqdan g‘arbga, shimoldan janubga va boshqa mamlakatlarga yiliga 12 oy va kuniga 24 soat tashish imkonini beradi. Bular Eron, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yo‘nalishlari.
LiveBarchasi