Qozog‘iston O‘zbekiston mahsulotlariga import cheklovi kiritadimi?
Olam
−
23 dekabr 2021
10487Qozog‘istonga O‘zbekiston tovarlari kerak va ularga nisbatan cheklov choralari qo‘llanilmaydi. Bu haqda LS nashriga Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi ma’lum qilgan.
Tahlilga ko‘ra, O‘zbekistondan olib kelinayotgan asosiy mahsulotlar sabzavot, meva zavodlar uchun xomashyo hisoblanadi.
“Ushbu tovarlarga nisbatan har qanday chora-tadbirlarning kiritilishi, birinchi navbatda, qozog‘istonlik iste’molchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deyilgan xabarda.
Maqolada O‘zbekistonda Qozog‘istonga nisbatan bir qator cheklovlar amal qilgani yoki amal qilishda davom etayotgani aytilgan.
“O‘zbekiston MDH davlatlari, shu jumladan Qozog‘iston bilan o‘zaro savdoda 1993 yildan boshlab tovar kelib chiqishi qoidalarini qo‘llaydi. Ular Qozog‘iston eksportchilari tomonidan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash uchun yanada qattiqroq va ba’zan imkonsiz bo‘lgan mezonlarni nazarda tutadi”, deya tushuntirgan LS.
Qo‘shimcha qilinishicha, 2009 yilgi qoidalar tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash uchun yanada moslashuvchan va odatda erishish mumkin bo‘lgan mezonlarni sanab o‘tadi. Yana bir to‘siq — don va unning O‘zbekiston bozoriga o‘z mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish tufayli tengsiz kirishidir.
Xabarda 2020 yil 1 yanvardan O‘zbekistonga don yetkazib berishda boj olinmasligi, un importi uchun boj stavkasi esa 10 foizni tashkil etishi aytilgan.
“Hozirda un uchun bojxona to‘lovlarini undirish 2021 yil 31 dekabrgacha to‘xtatildi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston O‘zbekiston tomonidan ayrim cheklovlardan xalos bo‘lgan.
“Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda import qilinadigan tovarlarga aksiz solig‘i qo‘llanilmayapti. Ularning bekor qilingani savdo dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga importga aksiz solig‘i solinadigan umumiy qiymati 137 million dollar bo‘lgan 87 ta tovar predmeti eksport qilindi. Ya’ni, O‘zbekiston tomoni importga aksiz solig‘ini bekor qilgandan so‘ng, Qozog‘istondan O‘zbekistonga aksiz to‘lanadigan tovarlar eksporti 72 foizga oshgan”, deyiladi xabarda.
Savdo vazirligi 2020 yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga eksport hajmi 2,1 milliard dollarni tashkil etganini, bu 2019 yilga nisbatan 6,9 foizga ko‘p ekanini eslatgan. Import esa 783,1 million dollarni tashkil etib, 44,8 foizga kamaygan.
“O‘zbekistonga noxomashyo tovarlari eksportini oshirish salohiyati 10 ta tarmoqda 473,2 million dollarni tashkil etadi: neft-kimyo — 154,7 million dollar, metallurgiya — 148,2 million dollar, oziq-ovqat — 88 million dollar, mashinasozlik — 27,8 million dollar, kimyo —26,3 million dollar, farmatsevtika — 7,8 million dollar, qurilish — 6,8 million dollar, transport — 6,2 million dollar, yengil sanoat — 5,9 million dollar, yog‘ochni qayta ishlash va mebel — 1,6 million dollar", deyilgan xabarda.
LiveBarchasi