Qozog‘iston Ukrainaga “Rojdestvo sovg‘asi” berdi
Olam
−
26 Dekabr 2022 9109 1 daqiqa
Qozog‘iston Ukraina shifoxonalari uchun 41 ta generator berdi. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“Biz qardosh Qozog‘iston xalqidan ajoyib Rojdestvo sovg‘asi oldik: tibbiyot muassasalarimiz uchun 41 ta kuchli generator”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu generatorlar ruslar hujumi ostida va eng zarur bo‘lgan hududlar – Nikolayev, Dnepropetrovsk hamda Xarkovga beriladi.
“Har bir generator operatsiya xonalari, intensiv terapiya bo‘limlari va kislorod stansiyalarining uzluksiz ishlashi kafolatidir”, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashko.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr