Qozog‘iston Turkiyadan zirhli texnikalarni sotib olmoqchi
Olam
−
29 dekabr 2022
5184Qozog‘iston poytaxti Ostona maxsus kuchlar uchun turk zirhli texnikalarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaledinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil yanvar oyida Qozog‘iston Prezidenti, Oliy bosh qo‘mondon Qosim Jomart To‘qayevning maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondonligini yaratish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan.
“Qo‘shinlar qo‘mondoni tayinlandi, maxsus operatsiyalar kuchlari tarkibiga kiruvchi qo‘shin va bo‘linmalar belgilandi. Ularni harbiy va boshqa texnikaning tegishli namunalari bilan ta’minlash, shaxsiy tarkibni tayyorlash choralari ko‘rilmoqda”, deydi Kamaledinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu farmon doirasida Turkiyada ishlab chiqarilgan zirhli texnika namunalari ko‘rib chiqilgan.
“Biz har qanday harbiy texnika maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallanganini aniq tushunishimiz kerak. “ARLAN” zirhli mashinasi maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari uchun mos emas, lekin biz ularni rad etmaymiz. Biz ularni talablarga javob beradigan alohida bo‘linmalar uchun sotib olamiz. Qabul qilingan yoki qabul qilinmaganiga kelsak, turk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli mashinalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar mavjud. Ular bir nechta davlat tomonidan qabul qilingan. Shuning uchun ular buni qabul qilib, qurolli to‘qnashuvlar paytida ko‘rsatgan”, deydi vazir o‘rinbosari.
LiveBarchasi