Qozog‘iston tomoni To‘qayev va Sholsning matbuot anjumanini bekor qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma matbuot anjumani Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan kutilmaganda bekor qilindi. Bu haqda Germaniyaning DPA agentligi xabar berdi. 

Nashrga ko‘ra, shunga qaramay Shols To‘qayev bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashgan. Qozog‘iston rasmiylarining bunday qadamini naqadar mehmondo‘st deb bilishi haqidagi savolga javob berar ekan, kansler har qanday holatda ham butun dunyo bo‘ylab jurnalistlar uchun yaxshi sharoit yaratilishini xohlashini ta’kidlagan. 

“Men shuning uchun, bunga ozgina hissa qo‘shish maqsadida sizning oldingizda turibman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 sentyabr kuni Qosim-Jomart To‘qayev Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, bir qator masalalarni, jumladan, savdo-iqtisodiy, energetika, yashil o‘zgarishlar, tog‘-kon sanoati, transport va logistika, iqlimni muhofaza qilish, ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni muhokama qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made