Qozog‘iston tarixidagi eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi (video)
Olam
−
05 Sentabr 10704 1 daqiqa
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xalqaro kokain kontrabandasi kanalini fosh etib, 13 tonna 183 kilogramm narkotikni musodara qildi. Bu haqda idora matbuot xizmatiga tayanib, “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika tarixida bir martada qo‘lga olingan eng yirik narkotik moddasi – 13 tonna 183 kilogramm kokain Olmaotada musodara qilingan. Yuk Qozog‘iston orqali uchinchi mamlakatlarga tranzit qilinishi kerak bo‘lgan.
“Taqqoslash uchun, 13 tonna 183 kilogramm kokain – bu to‘qqizta Toyota Camry avtomobili og‘irligiga teng. Agar uni Toyota Camry bagajlariga joylashtirilsa, butun partiyani olib chiqib ketish uchun 25 dan ortiq mashina kerak bo‘lardi”, deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, MXQ ushbu katta partiyaning taxminiy narxini ochiqlamagan. Ammo taqqoslash uchun misol keltirilgan: joriy yilning mart oyida IIV 600 gramm kokainni 100 million tenge deb baholagan. Shu asosda Olmaotada qo‘lga olingan partiyaning taxminiy qiymati 2 trillion 197 milliard 167 million tengedan oshishi mumkin.
Narkokanalni tashkil etishda gumon qilinib, ikki nafar chet ellik ushlangan va qamoqqa olingan. Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi