Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari hibsga olindi
Olam
−
02 avgust 2020
21689Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Oljas Abishev hibsga olindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
“Qozog‘iston Moliya vazirligining moliyaviy monitoring bo‘yicha qo‘mitasi Oljas Abishev Iqtisodiy jinoyatlar xizmati xodimlari tomonidan byudjet mablag‘larini o‘g‘irlashda gumonlanib, hibsga olinganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.
Oljas Abishev 2018 yilda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. U ma’lumotlarni raqamlashtirish va xavfsizligini ta’minlashga ma’sul bo‘lgan.
LiveBarchasi