Savdo markazi qurilishida qabrtoshlar ishlatilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
28 Oktabr 2019
11464Sharqiy Qozog‘iston viloyatining markazi bo‘lgan Ust-Kamenogorsk shahrida yashovchi aholi vakili "Alem" savdo uyining polida otasining qabrtoshidan foydalanilganini bilib qoldi va politsiyaga murojaat qildi. Bu haqda YK.kz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, savdo markazining polida, 2004 yil bahorida vafot etgan va Ablaket Pravoslav qabristoniga dafn qilingan otasi Yevgeniy Krechetovning qabr toshidan olingan parcha aniqlangan. Ust-Kamenogorsk shahrida yashovchi Natalya Andreyeva 2014 yilda oila qabr toshni yangilagandi. Biroq utilizatsiya qilingan eski qabr tosh parchasi boshqa qabriston plitalari qatorida savdo uyining polini ta’mirlashda ishlatilgan.
Savdo uyi ma’muriyati va material yetkazib bergan hamda bezatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi pudratchi kompaniyalar bu qabrtoshidan olinganmi yo‘qmi, ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng aniqlanishi haqida izoh bergan.
Ust-Kamenogorsk politsiya boshqarmasi boshlig‘i Daur Ibrayev o‘zining Instagram`dagi sahifasida ma’lum qilishicha, politsiya tergovni Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 294-moddasi ("Vandalizm") bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergovni boshlagan.
LiveBarchasi