Qozog‘iston sensatsion tarzda Portugaliyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Sport

image

Qozog‘iston futzal terma jamoasi O‘zbekistonda o‘tayotgan Jahon chempionatining nimchorak final bahsida amaldagi Jahon chempioni – Portugaliya terma jamoasini sensatsion tarzda mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Andijon shahrida o‘tgan bahsning 11-daqiqasida Qozog‘iston futzalchisi Portugaliya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol 1-taymda yagonaligicha qoldi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida Portugaliya vakili Te raqib darvozasiga to‘p kiritib, hisobdagi muvozanatni tikladi. Biroq bu amaldagi chempionlarga turnirni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmadi. O‘yin tugashiga 14 soniya qolganda qozog‘istonliklar g‘alaba to‘pini kiritib, sensatsiya qayd etdi. Gol muallifi – Davren! O‘yin shu tariqa markaziy osiyoliklar foydasiga hal bo‘ldi. Yakuniy hisob – 1:2.  

Chorak final bahsida qozog‘istonliklar Argentina-Xorvatiya qarshiligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Portugaliya futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made