Qozog‘iston Rossiyaga parvozlar sonini ko‘paytiradi
Olam
−
30 yanvar 2021
4538Qozog‘iston Rossiyaga yo‘lovchi reyslari sonini haftasiga uchtagacha ko‘paytiradi. Bu haqda Respublika Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Qozog‘iston Respublikasida joriy yil 28 yanvar kuni Rossiya bilan doimiy yo‘lovchi reyslarining har tomon uchun muntazam parvozlarni haftasiga birdan uchtagacha ko‘paytirishga ruxsat berildi”, deyiladi Matbuot xizmati xabarida.
Reyslar Nursulton – Moskva (haftasiga ikki reys) va Olma-Ota – Moskva (haftasiga bitta reys) yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shuningdek, Qozog‘iston Turkiya bilan parvozlar sonini haftasiga bittaga ko‘paytirgan. Parvoz Antaliya – Olma-Ota yo‘nalishida amalga oshiriladi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
2020 yil mart oyining o‘rtalarida Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi sababli favqulodda holat e’lon qilingandi. Shu jumladan, chet elga sayohat va Respublika hududiga kirish cheklangan edi. 17 avgust kuni mamlakat Hukumati yetti mamlakatga xalqaro parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Rossiya, Belarus, Ukraina, Germaniya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Misrga reyslar qayta tiklandi.
LiveBarchasi