Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika jo‘natayotgani aytilmoqda
Olam
−
29 Sentabr 2022
27320Qozog‘istondan Rossiyaga harbiy texnika jo‘natilgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ko‘magida noaniq ma’lumotlarga qarshi kurashish maqsadida yaratilgan “stopfake.kz” portali ma’lum qildi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy karvon o‘tayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Uning izohida aytilishicha, u Qozog‘istondan Rossiyaga Prezidentlar Qosim-Jomart To‘qayev va Vladimir Putin kelishuvi asosida jo‘natilgan. Unday emas”, deyiladi bayonotda.
Tarqalgan mish-mishlarni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ham rad etgan.
“Xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu Qozog‘iston harbiy texnikasining Rossiya Federatsiyasiga jo‘natilishi emas”, deb izoh bergan vazirlik matbuot xizmati.
Vazirlikning qayd etishicha, ayni damda Qozog‘iston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari uchun jihozlar yetkazib beryapti. Idora matbuot xizmati 26 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Jambil va Olma-Ota viloyatlarida KXSHTning “O‘zaro hamkorlik-2022”, “Poisk-2022” va “Eshelon-2022” tezkor harakat kollektiv kuchlari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini ta’kidlagan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi