Qozog‘iston Rossiyadan cho‘chqa go‘shti importini oshirdi
Olam
−
01 dekabr 5793 1 daqiqa
Qozog‘iston 2025 yilda Rossiya cho‘chqa go‘shtining eng tez o‘sayotgan importchilaridan biriga aylandi. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi eksportini rivojlantirish federal markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiya 2025 yilning dastlabki 10 oyida 324 ming tonnadan ortiq cho‘chqa go‘shti eksport qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 26% ko‘p. Yil oxiriga kelib eksport hajmi 400 ming tonnaga yaqinlashishi, eksport qiymati esa qariyb 1 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.
Rossiya cho‘chqa go‘shti mahsulotlari bo‘yicha import bozorlarida eng katta o‘sish Xitoyda qayd etildi – 84%. Qozog‘iston esa ikkinchi o‘rinni egallab, mintaqadagi eng faol xaridorlardan biriga aylandi. Shuningdek, Belarus 33%, Armaniston 14% va Vetnamda 13% o‘sish kuzatilgan.
Markaz bosh direktori Yuriy Kovalyov Xitoy bozorida ishlashdagi qiyinchiliklarga qaramay, Xitoy allaqachon Rossiya cho‘chqa go‘shtining eng yaxshi uchta xaridoriga aylanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda go‘sht narxiga davlat nazorati o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi. Davlat nazorati o‘rnatilishidan maqsad – go‘sht narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, chorvani chegaradan olib kirish va olib chiqishni nazorat qilish hamda eksportga son jihatidan cheklov kiritish.
Live
Barchasi