Qozog‘iston Rossiyadagi savdo vakolatxonasini yopdi

Olam

image

Qozog‘iston hukumati Rossiyadagi savdo vakolatxonasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tegishli hujjat respublika normativ-huquqiy hujjatlarning namunaviy nazorat bankida e’lon qilindi.

“Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi Qozog‘iston Respublikasining savdo vakolatxonasi davlat muassasasi tugatilsin”, deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Rossiyadagi savdo vakolatxonasini tugatish rejalari fevral oyi boshida ma’lum bo‘lgan. Vazirlik bu qarorni respublika davlat organlari ishini optimallashtirish bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida 1992 yil oktyabr oyida vakolatxonalar tashkil etish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. Hujjat 2012 yilda ratifikatsiya qilingan. Rossiyada Qozog‘istonning savdo vakolatxonasi 2009 yilda Moskvada ochilgan. Shuningdek, Qozonda ham Qozog‘iston vakolatxonasi ishlab kelgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing