Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
14 aprel 2019 8291 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Prezidentlar O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel