Qozog‘iston osmonida noyob tabiat hodisasi kuzatildi (video)

Olam

image

Joriy yilning, 21 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahri aholisi noyob tabiat hodisasiga guvoh bo‘ldi. Qalin bulutlar tezlik bilan yopirilib kelib, shahar osmonini qoplab oldi. Bu haqda “Zakon” xabar berdi.

Qozog‘iston gidrometeorologiya mutaxassisining aytishicha, qalin bulut oqimi devorni eslatib, tezda yopirilib kelgan. Meteorologik nuqtai nazardan bu kuchli yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar – “Cumulonimbu” deb ataladi. 

“Bu qalin bulut to‘lqini kabi ko‘rinadi, tez harakat qiladi va ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan birga sodir bo‘ladi. Tog‘ tizmalari yaqinida frontal tizimlar faollashgani sababli tog‘lar bo‘ylab cho‘zilgan bulut chizig‘i hosil bo‘ladi”, deydi injener-meteorolog Davlat Kisebayev.

Qayd etilishicha, bunday hodisalar odatda iliq mavsumda kuzatiladi. Ba’zan mavsum almashuvi davrida quyidagi holatlarda ham sodir bo‘lishi mumkin:

  • havo massalarining keskin almashishi;
  • faol atmosferaviy frontning o‘tishi;
  • balandlikda shamolning kuchayishi;
  • atmosferaning pastki qatlamlarida namlik mavjudligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antarktida osmonida halqasimon to‘liq quyosh tutilishi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing