Qozog‘iston milliy ma’naviyatni shakllantirish uchun 280 mln dollar sarflamoqchi
Olam
−
26 Oktabr 2021
2989Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi mamlakatda milliy ruhni shakllantirishga yordam berishi kerak bo‘lgan “Ұlttiq ruxani jaңg‘iru” (Milliy ma’naviy tiklanish – tahr.) loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Currenttime” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, loyihaning vazifalari quyidagilardan iborat: qozoq tilini kundalik muhitdan olib chiqish hamda uni fan va biznes tiliga aylantirish, shuningdek, Qozog‘iston milliy madaniyatini chet davlatlarda targ‘ib qilish.
“Aslida bu inson ongiga qo‘yilgan sarmoya bo‘lib, uning qaytishi jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarida: madaniyat, iqtisodiyot, ta’limda namoyon bo‘ladi”, deydi vazir Aida Balayeva.
Qayd etilishicha, ushbu loyiha soliq to‘lovchilarga 280 million dollarga tushishi ko‘zda tutilgan. Biroq, qozog‘istonliklarning o‘zi bu tashabbusga qarshi. Har holda, bu odamlarni tashvishga solishi mumkin bo‘lgan oxirgi narsa, chunki rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qozog‘istonliklar hozirda daromadlarining yarmidan ko‘pini oziq-ovqatga sarflamoqda.
Loyihaning rasmiy taqdimoti shuni ko‘rsatadiki, milliy ma’naviyatni shakllantirish bo‘yicha loyiha, allaqachon, hukumat tomonidan ma’qullangan.
LiveBarchasi