Qozog‘iston maktab formasidan voz kechdi 

Olam

image

Qozog‘istonda kelayotgan 2021-2022 o‘quv yili o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi majburiy bo‘lmaydi. Bu haqda Qozog‘iston Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov Facebook sahifasida ma’lum qildi. O‘quvchilar darsga klassik kiyimda qatnashishlari ham mumkin, deb xabar beradi Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati.

Vazirlik ushbu qarorga quyidagicha izoh bergan:

“Yangi maktab formasini xarid qilish vaqtida savdo markazlarida navbatlar hosil bo‘lishining oldini olish hamda mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar vaqtida aholini ortiqcha xarajatlardan xalos qilish”.

Vazirning qayd etishicha, ushbu qarorga kelishda masalaning barcha tomonlari hisobga olingan.

“Barcha ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda, biz maktab formasini kiyishni ixtiyoriy qilishga qaror qildik. Kelgusi o‘quv yili mobaynida bolalar vaqtincha maktabga nafaqat maktab formasida, balki klassik uslubdagi kiyimda ham borishi mumkin”, deya yozadi vazir.

O‘tgan o‘quv yili arafasida vazirlik ham xuddi shunday qarorni e’lon qilgandi, lekin ko‘pchilik qozog‘istonlik maktab o‘quvchilari sentyabrdan maygacha onlayn ta’lim olgan. 2021 yil may oyida respublika o‘qituvchilar kengashida Aymagambetov Qozog‘iston ta’lim tizimi kelasi yili masofaviy formatda bo‘lmasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing