“Qozog‘iston go‘zali-2023” g‘olibi aniqlandi (foto)

Madaniyat-san’at

image

Bu yil “Qozog‘iston go‘zali-2023” unvonini 21 yoshli balerina Sabina Idrisova qo‘lga kiritdi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar berdi.

Sabina A. Seleznev nomidagi Olmaota xoreografiya bilim yurtini tamomlagan va “Astana” balet teatrida chiqish qilgan. 2023 yil iyul oyida u balerinalik faoliyatini yakunlagan. Shundan so‘ng, Olmaotaga kelgan va "Miss Qozog‘iston" tanlovida ishtirok etishga qaror qilgan.

Sabinaning bo‘yi – 175 sm, tana o‘lchamlari – 82-63-92. 

Tadbirda kastinglar va tanlovning yarim final bosqichi natijasida saralangan 25 nafar qiz, jumladan, hududiy saralash bosqichi g‘oliblari ham ishtirok etgan.

Musobaqa ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar edi:

  • yoshi 18 yoshdan 25 yoshgacha;
  • bo‘yi 165 sm dan baland;
  • Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lish;
  • turmushga chiqmagan va farzandsiz

“Vitse-Miss Qozog‘iston-2023” unvonini Botag‘oz Nurjigitova oldi. “Miss Earth Kazaxstan 2023” Ayaulim Alimxaliyevaga va “Miss Universe Kazaxstan 2023” Madina Almuxanovaga nasib etdi.

Tomoshabinlar ovoz berish natijalariga ko‘ra, Adelina Balgimbayeva “Miss People’s Choice Kazakhstan 2023” nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston go'zali Sabina Idrisova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing