Qozog‘iston Fransiyadan qiruvchi samolyot olmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston-chi?
Olam
−
30 noyabr 2023
12981Qozog‘iston Rossiyaning SU-30SM qiruvchi samolyotlarini narx-sifat nisbatiga ko‘ra tanlab, Fransiyaning “Rafale” qiruvchilarini sotib olmoqchi emas. Bu haqda Ostonadagi brifingda havo hujumidan mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari – Qurol-yarog‘lar bosh boshqarmasi boshlig‘i Erjan Nildiboyev ma’lum qildi.
“Bu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilgani yo‘q, bizning “Rafale”ni sotib olish bo‘yicha rejalarimiz yo‘q edi”, deydi Nildiboyev.
Uning bildirishicha, “Rafale” juda qimmat, shuning uchun narx-sifat nisbatidan kelib chiqib, Ostona hozirda Su-30SM samolyotini tanlayapti.
Nildiboyev Qozog‘iston Havo mudofaa kuchlari 2023-2024 yillarda 10 ta SU-30SM samolyotini sotib olish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, respublika “Tor-M2” havo mudofaa tizimining ikkita batareyasini sotib oladi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida “La Tribune” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Fransiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘zining “Rafale” qiruvchi samolyotlarini taklif qilayotgani, Fransiyaning “Dassault Aviation” kompaniyasi esa bu yo‘nalishda bir necha oydan beri ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi