Qozog‘iston dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
−
16:39 300 1 daqiqa
Qozog‘iston 2027 yilda dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, Qozog‘iston sport sohasida, avvalo, an’anaviy yapon jang san’atlari – dzyudo, sumo va kendoni ommalashtirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.
“Kecha men qozoq millatiga mansub mashhur yapon sumo kurashchisi Kimbodzan Xaruki (Yersin Baltagul) bilan uchrashganimdan mamnun bo‘ldim. Ishonchim komilki, yaqin madaniy va gumanitar aloqalarimiz xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va do‘stlikni mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, deydi Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo – Yaponiya muloqotining birinchi sammitida.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning Ostona shahri 2015 yilning 24-30 avgust kunlari ham dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. Endilikda mamlakat 12 yildan so‘ng yana bir marotaba ushbu sport turi bo‘yicha jahon birinchiligiga mezbonlik qiladi.
Live
Barchasi