Qozog‘iston delegatsiyasi Toshkent viloyatidagi qishloqda mehmon bo‘ldi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
3098Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati akimi Umirzak Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlog‘ida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda turli vazirlik va idoralar vakillari, Toshkent viloyati hokimi, Chinoz tumani mas’ullari va hudud faollari ishtirok etdi.
Qishloq markazida tashkil etilgan tantanalarda qishloqdagi ko‘p millatli aholining ahil-inoq, totuv-hamjihat muhitini ko‘rish mumkin. Mehmonlarga o‘zbek, qozoq, tojik, rus va tatar millatlarining urf-odatlari, milliy taomlari, namoyish etilgan.
Eshonobod qishlog‘i tuman markazidan 20 kilometr olisda, qo‘shni davlat bilan chegara hududda joylashgan. Bu yerda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va boshqa millatlarga mansub 3,2 ming aholi istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturi natijasida yangi qiyofaga kirgan mazkur hududda katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Markazda fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha “Obod va xavfsiz mahalla” hamda “Mahalla raisi – islohotchi” tamoyillari asosida yangi tizim samarali joriy etilgan. Mehmonlar binodagi sharoitlar bilan tanishgan.
Yangi barpo etilgan 200 o‘rinli Madaniyat saroyi ko‘p millatli qishloq yoshlarining musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at, kompyuter texnologiyalari bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun imkoniyat yaratgan. Shuningdek, “Kitobxonlar bog‘i”ning barpo qilingan.
LiveBarchasi