Qozog‘iston BRICS’ga a’zolikdan bosh tordi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat nega BRICS’ga a’zo bo‘lmaganini tushuntirib berdi. Bu haqda u “Al Jazeera”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

To‘qayevga ko‘ra, u juda pragmatik qarashga ega va BRICS doirasida doimiy tuzilmalar mavjud emasligini ko‘rmoqda. Tashkilotda nizom ham, kotibiyat ham, dasturlar ham yo‘q.

“Biz BRICS’da kuzatuvchi davlat sifatida ro‘yxatga olinganmiz va menimcha, bu yetarli. Avvalo, bu yerda tashkilotning samarasizligi yoki samaradorligi haqida gap ketmoqda. Ha, yirik davlatlar bor, o‘rta miqyosdagi davlatlar bor, kichik davlatlar ham bor, har bir xalqaro tashkilotda shunday. Biz BRICS’da kuzatuvchi bo‘lamiz, keyin esa vaqt ko‘rsatadi”, degan mamlakat rahbari.

Ma’lumot uchun, BRICS 2006 yilda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan. 2024 yil boshida yangi davlatlarning qo‘shilishi bilan birlashma BRICS+ deb atala boshlandi. Tashkilotga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr, Efiopiya va Indoneziya a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston esa tashkilotda hamkor davlat sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkilotning asosiy maqsadi jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega davlatlarni birlashtirish, ularning jahon sahnasidagi rolini kuchaytirish, siyosatni muvofiqlashtirish va global boshqaruvning muqobil mexanizmlarini yaratishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Qozog‘iston Prezidentining maslahatchisi Berik Uali mamlakatga BRICS’ga a’zolik bo‘yicha takliflar bo‘lganini aytgan edi. Biroq Qozog‘iston bu taklifdan voz kechishga qaror qilgan. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Qozog‘iston ham BRICS’ning hamkor davlati maqomiga ega bo‘lgan.

Jaloliddin Rahmonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing