Qozog‘iston Bosh vaziri Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi
Olam
−
12:35
5525Bugun, 22 noyabr kuni Qozog‘iston Bosh vaziri O‘ljas Bektenov Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan asosiy harbiy va fuqarolik ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mamlakat Prezidenti topshiriqlarini bajarishga qaratilgan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
“Bosh vazir O‘ljas Bektenov Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan asosiy harbiy va fuqarolik ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat rahbarining topshiriqlarini bajarish yuzasidan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Transport, Energetika, Sanoat va qurilish, Milliy iqtisodiyot va moliya vazirliklari rahbarlari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hukumat rahbari Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsilikovning strategik va infratuzilma ob’ektlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotini eshitib, davlat organlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan bir qator vazifalarni qo‘ygan. Barqarorlik va jamoat tartibini saqlash, transport aloqasining xavfsizligi va hayotiy ahamiyatga ega ob’ektlarning faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, vakolatli tuzilmalar rahbarlariga Prezidentning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlarini alohida nazorat qilish va vaziyat bo‘yicha o‘zgarishlar haqida tezkor tarzda ma’lumot berish topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashishi sababli mamlakat Bosh vaziriga, Prezident Administratsiyasi, kuch tuzilmalarining rahbarlariga va barcha hokimlarga asosiy harbiy va fuqarolik ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni topshirgan edi.
LiveBarchasi