Qozog‘iston bilan chegaradagi ikki nazorat-o‘tkazish punkti yopildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegaradagi ikki nazorat-o‘tkazish punkti – “Sirdaryo” va “S. Najimov” bugun, 15 fevraldan e’tiboran vaqtincha yopildi. Bu haqda Davlat boxjona qo‘mitasi xabar berdi. 

“2023 yil 15 fevral kunidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S. Najimov” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va engil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, diplomatik kanallar orqali Qozog‘iston Respublikasidan  kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining “Qazigurt” (“S.Najimov”) va “Atameken” (“Sirdaryo”) o‘tkazish punktlari rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan, joriy yilning 15 fevralidan ushbu postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati rekonstruksiya davrida vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi. 

“Fuqarolar ushbu o‘tkazish punktlariga muqobil sifatida ish tartibi kunu-tun bo‘lgan “G‘ishtko‘prik” va “Yallama” hamda ish tartibi kunning yorug‘ vaqtida bo‘lgan “Malik” va “Oq oltin” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, deyiladi DBQ xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing